Tanga.uz jamoasi vakili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yangi firibgarlik turiga duch keldi. Hozir ushbu firibgarlik turi haqida hikoya qilamiz.
Firibgarlar endilikda Uzum kompaniyasi niqobi ostida ish taklif qilishmoqda. Bunda firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarga 1 soatda 300 ming so‘m, 6 soatda esa 2,2 mln so'm ishlash mumkinligini aytilgan. Buning uchun faqat mobil telefon yetarli bo‘lishi aytilgan.

Tabiiyki, bunday daromadli ishga qiziqish bildiruvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Qiziquvchilar batafsil ma’lumot olish uchun Telegramda firibgar bilan aloqaga kirishadi.
Firibgar ularga ishlash uchun faqat mobil telefon hamda bank kartasi kerak bo‘lishini aytadi.
"Agar hoziroq ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tsangiz, sizning bank kartangizga bonus taqdim etamiz" — deydi firibgar.

Keyin havola yuborib unda ro‘yxatdan o‘tish kerakligini aytadi. Havola saytida birinchi navbatda telefon raqam kiritish talab qilinadi. Keyin esa telefon raqamga kelgan kodni kiritish so‘raladi.
Agarda telefon raqamga SMS orqali kelgan kod kiritilsa, firibgarlar raqam egasining barcha bank kartalariga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Keyin Telegram chatni bloklashadi hamda raqamga ulangan kartalardagi pullarni o‘zlashtiradi.
Bundan tashqari, bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlikning turlari ko‘p.
Shuni unutmaslik kerakki, ishga oluvchi kompaniya ham, bank xodimlari hamda aloqa operatorlari ham telefon raqamga kelgan kodni talab qilmaydi.
Agarda biror norasmiy saytlarda yoki aloqaga chiqib telefon raqamga kelgan kodni so‘rashganda uni aytmaslik taklif qilinadi.
Avvalroq, aloqa operatorlari niqobi ostidagi firibgarlar haqida yozgandik.
.jpg)