O‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshgacha uzaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan marosimdagi nutqida ma’lum qildi.
Aholining turmush sharoitlari yaxshilanib borayotgani natijasida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshgacha uzaydi — dedi Prezident.
Ta’kidlanishicha, aholi salomatligini mustahkamlash, o‘qituvchi va shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur mablag‘ va kuch sarflanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, aholining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etgan.
Uzoq umr ko‘rish yuqori turmush darajasi, rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimi va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini anglatadi.
Bu iqtisodiyot uchun yanada sog‘lom va samarali ishchi kuchi, shuningdek iste’molning oshishi nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.