Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

07.09.2025 14:07
O'zbekchaРусский
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Ko‘pchilik ta’lim krediti asosida o‘qish mumkinligidan xabardor, ammo bilmaydigan talabalar ham yo‘q emas. Shu sababli, tanga.uz ta’lim kreditini olish jarayoniga oid material tayyorladi.
Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

Foto: sahibandhu.com

2025-2026-o‘quv yili uchun O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. 

Shubhasiz, talabalarning katta qismi to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. 

Oliy o‘quv yurtlarida ayrim talabalarning shartnoma to‘lovini to‘lay olmaganligi sababli o‘qishdan chetlashtirilish va shunga o‘xshash holatlar ham uchrab turadi. 

Ko‘pchilik ta’lim krediti asosida o‘qish mumkinligidan xabardor, ammo bilmaydigan talabalar ham yo‘q emas. 

Shu sababli, tanga.uz ta’lim kreditini olish jarayoniga oid material tayyorladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab imtiyozli ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarga beriladi. 

Bunda kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba yigitlar uchun yillik stavka 14 foiz, talaba qizlar uchun esa 0 foizni tashkil etadi. 

Birinchi kurs talabalari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida beriladi. 

Ikkinchi va undan yuqori kurslar uchun esa o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi 3 bahodan past bo‘lgan taqdirda shartnoma summasining 80 foizi miqdorida ajratiladi. 

Bunda ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlari bundan mustasnodir.

Shartlar va ariza topshirish jarayoni

Imtiyozli ta’lim kreditini olish uchun talabaning ta’lim shakli kunduzgi bo‘lishi va ma’lumotlari kontrakt.edu hamda HEMIS tizimlarida mavjud bo‘lishi shart. 

Ariza topshirish ta’limkrediti.mf.uz yoki my.gov.uz platformalari orqali amalga oshiriladi. 

Arizani to‘ldirish jarayonida talabaning o‘qish holati, kursi va ta’lim shakli avtomatik ravishda tekshiriladi. 

So‘ngra tanlangan viloyat, bank, kredit summasi va kafilning JSHSHIR raqami kiritiladi. 

Agar talaba Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lsa, faqat qarz oluvchi, bo‘lmasa kafil talab qilinadi. 

Bunda kafil shaxs ham tizimga kirib, "kafil roziligi" modulidagi arizani 24 soat ichida tasdiqlashi lozim, aks holda ariza bekor qilinadi. Barcha bosqichlardan so‘ng ariza "jarayonda" holatiga o‘tadi.

Eslatma

Talabalarning arizalari bank tomonidan besh ish kunida ko‘rib chiqiladi va ariza muallifi bilan bog‘laniladi. 

Agar belgilangan muddatda tijorat banklari tomonidan javob kelmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga murojaat qilish mumkin. 

Agar talaba yoki kafil bank so‘rovlariga 10 kun ichida javob bermasa, ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi. 

Ariza topshirish jarayonida biror muammo yuzaga kelsa, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishonch telefonlariga (1006) murojaat qilish tavsiya etiladi.

Imtiyozli ta’lim kreditini ajratayotgan banklar

MKBANK 

O‘zmilliybank 

  • Kredit muddati — 13,5 yilgacha
  • Batafsil

Asakabank 

  • Kredit muddati — 11,5 yilgacha
  • Batafsil

AloqaBank 

  • Kredit muddati — 11,5 yilgacha
  • Batafsil

BRB 

  • Kredit muddati — 11,5 yilgacha
  • Batafsil

Turonbank 

  • Kredit muddati — 11,5 yilgacha
  • Batafsil

SQB 

Agrobank 

Hamkorbank 

Xalq Banki 

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha banklarda ta’lim kreditlarining yillik foiz stavkasi 14 foizni tashkil etadi.

Ayollar uchun esa bu stavka nol foizga tengdir. Bunda foizlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

#ta'lim_krediti

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar