UzAuto Motors kompaniyasi 2025-yilda Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Chevrolet Uzbekistan matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Chevrolet Uzbekistan
Ta’kidlanishicha, yangi model ko‘pchilikning istaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Yangi qo‘shilgan funksiyalar
Yangi modelning salon qismi sezilarli darajada o‘zgartirilgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, unga dvigatel harorati datchigi bilan jihozlangan Tracker 1 asboblar paneli o‘rnatilgan.

Foto: Chevrolet Uzbekistan
Shuningdek, yangi modelda telefonni avtomobil tizimiga oson ulash imkonini beruvchi Android Auto va Apple CarPlay funksiyalariga ega MyLink sensorli multimedia tizimi mavjud bo‘ladi.

Foto: Chevrolet Uzbekistan
Bundan tashqari, unga kruiz-nazorat, old o‘rindiqlarni isitish imkoniyati hamda rul qismida multimedia boshqaruv funksiyasi qo‘shilgan.

Foto: Chevrolet Uzbekistan
Qachon sotuvga chiqadi?
Kompaniya yangi modelning qachon sotuvga chiqishi haqida aniq ma’lumot bermagan.
Yangi model shu yilning o‘zida taqdim etilishi va birinchi xaridorlar avtomobillarni yil oxirigacha qo‘lga kiritishlari taxmin qilinmoqda.
Avtostrada nashrining taxminlariga ko‘ra, Cobalt 2025 narxi taxminan 160-170 mln so‘m (13-14 ming dollar) atrofida bo‘ladi.
