O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 50 mlrd dollardan oshdi

08.09.2025 13:31
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2025-yilning avgust oyida 1,3 mlrd dollarga oshib, 50,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘sish oy davomida 1 troy unsiya oltin narxining 3 ming 307 dollardan 3 ming 408 dollargacha ko‘tarilishi hisobiga yuz berdi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 50 mlrd dollardan oshdi

Foto: br.pinterest.com

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2025-yilning avgust oyida 1,3 mlrd dollarga oshib, 50,1 mlrd dollarni tashkil etdi

Bu mamlakat tarixida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Bu o‘sish oy davomida 1 troy unsiya oltin narxining 3 ming 307 dollardan 3 ming 408 dollargacha ko‘tarilishi hisobiga yuz berdi.

Oltin-valyuta zaxiralar iyul oyiga nisbatan 2,8 foizga, yil boshiga nisbatan esa 21,6 foizga ko‘paydi. 

Bunda oltin zaxiralari bir oy ichida 1,38 mlrd dollarga oshib, 40,06 mlrd dollarga yetdi. Yil boshiga nisbatan o‘sish esa 8,03 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Oltinning fizik hajmi esa iyul oyiga nisbatan 3,11 tonnaga ko‘payib, 367 tonnani tashkil etdi. Biroq yil boshiga nisbatan 16 tonnaga kamaydi. 

Mamlakatning qimmatli qog‘ozlari 1-sentyabr holatiga ko‘ra 1,016 mlrd dollarni tashkil etmoqda. 

Bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 5 mln dollarga, yil boshiga nisbatan esa 915 mln dollarga ko‘proqdir. 

Naqd valyuta va depozitlarning umumiy miqdori esa iyul oyiga nisbatan 54 mln dollarga kamayib, 8 mlrd 431 mln dollarni tashkil etdi. 

Mamlakatning xorijiy valyutadagi boshqa aktivlari ham shu oyda 9,9 mln dollarga kamayib, 70,7 mln dollarga teng bo‘ldi.

#oltin#valyuta

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar