AloqaVentures Maqsaddosh startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

16.09.2025 11:46
O'zbekchaРусский
Maqsaddosh startapi 500 ming dollarga baholanib, AloqaVentures fondidan 20 ming dollar sarmoya jalb qildi. Mazkur startap maqsad va qiziqishlari o‘xshash insonlarni bir-biriga bog‘laydigan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.
AloqaVentures Maqsaddosh startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

Foto: Maqsaddosh

Maqsaddosh startapi 500 ming dollarga baholanib, AloqaVentures fondidan 20 ming dollar sarmoya jalb qildi

Mazkur startap maqsad va qiziqishlari o‘xshash insonlarni bir-biriga bog‘laydigan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. 

Ma’lum qilinishicha, platformaning rasmiy ishga tushishi 2025-yilning oktyabr oyiga mo‘ljallangan. 

Ahror To‘xtasinov startapning asoschisi va rahbari sanaladi. 

To‘xtasinovning aytishicha, ushbu ijtimoiy tarmoqni yaratish g‘oyasi 2025-yilning mart oyida tug‘ilgan.

Avvalroq, Tilmoch startapi 150 ming dollar sarmoya jalb qilgandi.

#maqsaddosh#aloqaventures

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan