O‘zbekistonliklar uchun Buyuk Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

18.09.2025 07:52
O‘zbekiston fuqarolari uchun Buyuk Britaniyada mavsumiy ish kvotalari ko‘paytiriladi. Bu masalada Migratsiya agentligi rahbari Buyuk Britaniyadagi Mehnat ta’minotchilari uyushmasi (ALP) bosh direktori bilan kelishuvga erishdi.
O‘zbekistonliklar uchun Buyuk Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

Foto: Migratsiya agentligi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Buyuk Britaniyada mavsumiy ish kvotalari ko‘paytiriladi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi

Yaqinda agentlik rahbari Behzod Musoyev David Kamp bilan rasmiy uchrashuvni amalga oshirdi. 

Ma’lumot uchun, David Kamp Buyuk Britaniyada mehnat ta’minotchilari uyushmasi (ALP) bosh direktori hisoblanadi. 

Mazkur uyushma Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotdir. 

Ushbu uyushma mamlakatdagi 300 dan ortiq yirik kompaniyalarning a’zosi hisoblanadi. 

Uchrashuv davomida David Kamp o‘zbekistonlik yoshlarni Buyuk Britaniya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini bildirdi. 

Yakunda Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni ko‘paytirish belgilandi. 

Shuningdek, yangi mavsumiy operatorlar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda o‘zbekistonliklarni xavfsiz va tartibli ravishda ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, 15-sentyabr kuni soat 13:30 da Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlangan edi.

#migratsiya_agentligi#Buyuk_Britaniya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar