Dilshod Po‘latov Poytaxt Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi

18.09.2025 12:49
Dilshod Po‘latov Poytaxt Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi. U bunga qadar Octobank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari edi. Abror Turg‘unov esa bank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Dilshod Po‘latov Poytaxt Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi

Foto: Poytaxt Bank

Dilshod Po‘latov Poytaxt Bank boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu tayinlov Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi kerak. 

Turg‘unov Abror Qodirovich esa bank rahbarining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Turg‘unov bunga qadar boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgandi. 

Bank boshqaruvida boshqa o‘zgarishlar ham yuz berdi. Xususan, Toshov Aziz Tohirovich Korporativ kreditlash departamenti direktori etib tayinlandi. 

Shuningdek, bankning bosh buxgalteri ham o‘zgardi. Endi mazkur lavozimni Abdullayev Anvar Alijonovich egallaydi.

Yangi rahbar haqida

Po‘latov Dilshod Akmalovich Toshkent Moliya institutining bank ishi yo‘nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida asosan bank tizimida faoliyat yuritgan. 

Foto: Dilshod Po'latov

Xususan, 2012-yildan 2024-yilgacha Octobank boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida, undan keyingi davrda esa mazkur bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

#Poytaxt_Bank#tayinlovlar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar