O‘zbekistonning 2025-yil yanvar-avgust oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 51,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,49 mlrd dollarga yoki 19,8 foizga oshgan.

Infografika: stat.uz
Mamlakatning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi qariyb 23 mlrd dollarga yetdi va yillik o‘sish 31,3 foizni tashkil etdi.
Import hajmi esa 11,8 foizga ko‘payib, 28,5 mlrd dollarga yetdi.
Ushbu davrda mamlakatning import hajmi eksportdan 5,5 mlrd dollar ko‘proq bo‘ldi.
Bu farq yildan-yilga kamayib bormoqda. Xususan, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 8 mlrd dollar edi.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yirik hamkorlari Xitoy hamda Rossiya bo‘ldi.

Infografika: stat.uz
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hozirda 200 ga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalarini olib bormoqda.
Mamlakat eksportining 8,4 mlrd dollari yoki 36,6 foizi oltinga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning mos davrida oltin eksporti 5 mlrd dollar edi.

Infografika: stat.uz
Xizmatlar eksportida esa turizm hamda transport xizmatlari sohasi yetakchilik qilmoqda.

Infografika: stat.uz
O‘zbekiston 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida eng ko‘p mashinalar va transport asbob-uskunalarini import qildi.
.png)
Infografika: stat.uz
Mamlakat importining 30 foizi Xitoyga, 20 foizi esa Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 130 mlrd dollarga yetishini ma’lum qilgandi.
