Korzinka bosh direktori Rud Pedersen o‘z ixtiyori bilan lavozimini tark etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 30-sentyabr kuni uning so‘nggi ish kuni bo‘ladi.
Bosh direktor o‘rinbosari Akmal Asadov bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Xabar qilinishicha, Korzinka hozirda bosh direktorlik lavozimi uchun nomzod izlamoqda.
Rud Pederson haqida
Rud Pederson mehnat faoliyati davomida Yevropaning bir qancha mamlakatlaridagi yirik kompaniyalarda ishlagan.
O‘zbekistondagi faoliyatini esa 2022-yilda Korzinka tarmog‘ining moliyaviy direktori sifatida boshlagan.
Bu lavozimda bir yil ishlagach, kompaniyaning bosh direktori etib tayinlangan.
Rud Pederson ketishining sababini oilasiga ko‘proq vaqt ajratish istagi bilan izohlagan.
Korzinka tarmog‘i uning bosh direktorligi davrida bir qator yutuqlarga erishdi.
Yirik sarmoyaning jalb etilishi, do‘konlar sonining ko‘payishi hamda yangi taqsimlash markazining tashkil qilinishi shular jumlasidandir.
Korzinka Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov uning kompaniyaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
