AloqaVentures fondi beshta startapga jami 750 ming dollar miqdorida sarmoya kiritdi.
Quyida mazkur beshta startap hamda ularga kiritilgan sarmoya miqdori keltirilgan:
- EGaranti — 250 ming dollar
- Paidax — 200 ming dollar
- Kisertex — 150 ming dollar
- Renta — 100 ming dollar
- Tridmo — 50 ming dollar
EGaranti haqida
EGaranti — xarid qilingan mahsulot kafolatini raqamlashtiruvchi startap hisoblanadi.
Masalan, muzlatkich sotib olishda unga kafolat beriladi. Mazkur startap o‘sha kafolatni onlayn tarzda taqdim etadi.
Startap o‘z faoliyatini 2024-yilda boshlagan. Uning asoschisi va rahbari Nodirbek Soliyev hisoblanadi.
Soliyev ushbu startapdan tashqari gips ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga ham egalik qiladi.
Ta’kidlanishicha, Soliyev aynan kompaniyalaridagi muammolar tufayli startapni yaratgan.
Paidax haqida
Paidax — fond bozorida keng qamrovli aktivlar sinfiga sarmoya kiritish imkoniyati va ijtimoiy tarmoq funksiyalarini bir joyda jamlovchi platforma hisoblanadi.
Startap Qozog‘istonda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda 25-sentyabr kuni rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan.
Kompaniya ustav kapitali 2,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Uning asoschisi va rahbari Beksultonxo‘ja Anuarov hisoblanadi.
Kinestex haqida
Kinestex — fitnes sohasidagi ilovalarga tana harakatlarini aniqlash va kuzatish orqali qo‘shimcha mahsulotlar sotishga ko‘maklashuvchi sun’iy intellekt platformasidir.
Renta haqida
Renta — avtomobillarni P2P asosida ijaraga berish imkoniyatini ta’minlovchi innovatsion platformadir.
Tridmo haqida
Tridmo — mebel ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlariga 3D modellarini yaratish, ushbu modellarni interyer dizaynlarda qo‘llash, so‘ngra ularni marketpleysda sotish imkoniyatini beruvchi startapdir.
