Inson avtomobilini sug‘urtalagani kabi o‘z hayotini ham sug‘urtalashi mumkin. Bunday sug‘urta turi hayot sug‘urtasi deb ataladi.
Unda kishi o‘z hayoti bilan bog‘liq barcha hodisalarni sug‘urtalashi mumkin.
Masalan, o‘limdan sug‘urtalanish, baxtsiz hodisa, kredit va tibbiy sug‘urta shular jumlasidandir.
O‘limdan sug‘urtalanishda jamg‘ariladigan yoki yillik sug‘urta turlari mavjud.
Bunda sug‘urta kompaniyasi bilan belgilangan muddatga shartnoma tuziladi.
Unga ko‘ra, mijoz shartnoma muddati davomida vafot etsa, ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta to‘lovi to‘lanadi.
Agar shu muddatda hayotda qolsa, sug‘urta to‘lovi mijozning o‘ziga to‘lanadi.
Baxtsiz hodisa sug‘urtasi ham shunga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi.
Unda sug‘urtalanuvchi kuyish, jarohatlanish, suyak sinishi yoki shunga o‘xshash baxtsiz hodisaga uchrasa, sug‘urta kompaniyasi shartnomaga binoan mijozga pul to‘laydi.
Baxtsiz hodisa sug‘urtasida pul to‘lansa, tibbiy sug‘urtada esa davolanish yoki uning xarajatlari qoplanadi. Bu odatda shartnoma shartlariga muvofiq turlicha bo‘ladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda beshta kompaniya inson hayotini sug‘urtalaydi. Quyida mazkur kompaniyalar keltirilgan:
Apex Life Insurance
- Aloqa markazi: 71 209 77 66
- Batafsil
Alfa Life Insurance
- Aloqa markazi: 78 120 01 37
- Batafsil
Kafolat Hayot Insurance
- Aloqa markazi: 71 202 88 28
- Batafsil
Agros Hayot
- Aloqa markazi: 1186
- Batafsil
O‘zbekinvest Hayot Sug‘urtasi
- Aloqa markazi: 71 207 47 74
- Batafsil
Yuqoridagi kompaniyalar saytiga havola qoldirdik. Ularda sug‘urtani onlayn hamda oflayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.
Agar mijoz hayot sug‘urtasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmasa, polisni kompaniya bilan bog‘lanib yoki ofisiga tashrif buyurgan holda rasmiylashtirish tavsiya etiladi.
Chunki bir sug‘urta turida bir qancha shartlar mavjud bo‘lib, shulardan kelib chiqib narx belgilanadi.
