Ravshanbek Kadirov Markaziy bankning fintex bo‘yicha bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Regulyatorning mazkur bo‘limiga yaqin orada ochilishi kutilayotgan fintex-ofis ham kiradi.
Ravshanbek Kadirov haqida
Ravshanbek Shuxratbekovich Kadirov 1984-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan.
Kadirov 2008-yilda AQShning Missuri shtatidagi Jon Park universitetini "Bank ishi va moliya" yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
So‘ngra, 2012-yilda Buyuk Britaniyaning Uels universitetida "Moliyaviy menejment" sohasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 2010-yilda O‘zavtosanoat-lizing kompaniyasida lizing loyihalarini tahlil qilish bo‘yicha mutaxassis sifatida boshlagan.
2016-2017-yillarda Hamkorbank tizimida Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash sektori boshlig‘i, 2017-2019-yillarda esa mazkur sektor rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-2020-yillarda Hamkorbank’ning Tashqi iqtisodiy faoliyat departamentida rahbarlik vazifalarini bajargan.
2020-yil noyabridan 2021-yil iyunigacha Asakabank’da G‘aznachilik departamenti direktori vazifasini bajaruvchi, 2021-2023-yillarda esa ushbu departament direktori lavozimida ishlagan.
2024-yil boshidan fintex rahbari etib tayinlangunga qadar InFinBank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
