2025-yilning birinchi yarmida 3,9 mlrd so‘mlik islomiy moliya xizmatlari ko‘rsatildi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 415 mln so‘mni, 2024-yilda esa 1,1 mlrd so‘mni tashkil etgandi.
Eslatib o‘tamiz, mikromoliya tashkilotlariga murobaha, islomiy ijara, salam, mushoraka va muzoraba kabi islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yilning birinchi yarmida faqat murobaha xizmati ko‘rsatilgan.
Murobaha — islomiy moliyalashtirishdagi savdo shartnomasi bo‘lib, bunda bank yoki moliya tashkiloti mijoz xohlagan tovarni sotib olib, unga aniq ustama qo‘yib muddatli to‘lovga sotadi.
Avvalroq, 2024-yilda ko‘rsatilgan islomiy moliya xizmatlari haqida ma’lumot bergandik.
