Istiqbolli loyihalar milliy agentligi to‘rtta sug‘urta kompaniyasini jarimaga tortdi.
Jumladan, Alskom sug‘urta kompaniyasiga 50 mln so‘m, Inson sug‘urta kompaniyasiga 40 mln so‘m, Global Insurance Group kompaniyasiga 35 mln so‘m, Semurg Insurance kompaniyasiga esa 31,5 mln so‘m miqdorida jarima solindi.
Ma’lum qilinishicha, kompaniyalar moliyaviy ko‘rsatkichlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilmaganligi jarimaga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, Global Insurance Group kompaniyasining litsenziyasi 8-oktyabrdan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
Semurg Insurance kompaniyasiga esa majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish cheklandi. Bunga ustav kapitali belgilangan miqdorga yetmagani sabab bo‘lgan.
Biroq kompaniya ixtiyoriy ravishda qilinadigan sug‘urta turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab sug‘urta kompaniyalarining minimal ustav kapitali 50 mlrd so‘m bo‘lishi kerak.
Avvalroq, sug‘urta kompaniyalarining 2024-yildagi ko'rsatkichlari haqida yozgandik.
