Autsorsing kompaniyalar uchun Scale2US dasturiga qabul boshlandi

12.02.2025 08:50
“Silkroad Innovation Hub” akseleratori “Scale2US: IT Outsourcing Bootcamp” startap dasturiga qabul boshlanganini e'lon qildi. Dastur IT-jamoalarni AQSH bozoriga kirishga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Talabgorlar arizalarni 15-martgacha topshirishlari lozim.
Autsorsing kompaniyalar uchun Scale2US dasturiga qabul boshlandi

Foto: Kremniy vodiysi

10-fevral kuni IT Park Uzbekistan’da IT-autsorsing kompaniyalari uchun AQSh bozoriga chiqishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Kremniy vodiysining yetakchi akseleratori “Silkroad Innovation Hub” tomonidan “SCALE2US: IT Outsourcing Bootcamp” dasturi taqdim etildi.

Dasturning asosiy maqsadi – Markaziy Yevrosiyodagi IT-kompaniyalarga Amerika bozoriga chiqishda yordam berish, samarali savdo strategiyalarini o‘rgatish va mijozlar bilan aloqalarni rivojlantirishdir.

“SCALE2US” dasturi 8 oy davom etadi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • 1 oy – Savdo va marketing bo‘yicha onlayn ta’lim
  • 3 oy – AQShdagi mijozlar bilan amaliy ish
  • 5 oy – Kremniy vodiysiga tashrif, aloqalar o‘rnatish va tajriba almashish

Dastur 10 nafar tajribali dasturchiga ega IT-kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali 15-martgacha ariza topshirishlari mumkin.

Avvalroq, "IT Park Ventures" tomonidan startaplar uchun arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandik.

#kremniy vodiysi#it park#SCALE2US

Eng ko'p o'qilgan