Uch oyda banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari 2,7 barobar oshdi

17.10.2025 08:50
2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston aholisiga jami 15,1 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi. Buning 7,4 trln so‘mi Iqtisodiyot va moliya vazirligi shartlari asosida, 6,13 trln so‘mi esa banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan.
Uch oyda banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari 2,7 barobar oshdi

Foto: Development

2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston aholisiga jami 15,1 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln so‘mga yoki 12 foizga kamaygan. 

Manba: Markaziy bank

To‘qqiz oy davomida ajratilgan ipoteka kreditlarining 7,4 trln so‘mi Iqtisodiyot va moliya vazirligi shartlari asosida imtiyozli tarzda ajratilgan. 

6,13 trln so‘mi esa banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan. Ma’lumot uchun, uch oy avval mazkur ko‘rsatkich 2,2 trln so‘m edi. 

Shunday qilib, 2025-yilning iyul-sentyabr oylarida banklar o‘z mablag‘lari hisobidan ajratgan ipoteka kreditlari 2,7 barobarga oshdi. 

Bu davrda banklar o‘z mablag‘lari hisobidan ajratgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi 23,6 foizni tashkil etdi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobidan ajratilgani esa 17,23 foiz bo‘lgan. Bunda ikkisi o‘rtasidagi farq 6,37 foizni tashkil etdi. 

2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida eng ko‘p ipoteka krediti Toshkent shahridagi uylar uchun ajratilgan. Bunda uning jami kreditlardagi ulushi 32 foizni tashkil etdi. 

Ipoteka kreditlarining 74 foizi birlamchi bozordagi uylarga, qolgan qismi esa ikkilamchi bozordagi uylarga to‘g‘ri keldi. 

2025-yilning uchinchi choragida ikkilamchi bozordagi ipoteka kreditlari hajmi, ikkinchi chorakka nisbatan 1 foiz punktga oshdi.

#Ipoteka_kreditlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar