2026-yil 1-yanvardan boshlab moped va skuterlarni boshqarish uchun A1 kichik toifasi joriy etiladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Ushbu toifani olish uchun majburiy o‘quv kursini o‘tmasdan, mustaqil tayyorlanib imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.
Nazariy imtihonda 20 ta savoldan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob berish lozim (ilgari 18 ta edi).
Agar fuqaro A, B, C yoki D toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lsa, u A1 toifadagi transport vositasini qo‘shimcha ruxsatsiz boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
Nazariy mashg‘ulotlar
2026-yil 1-fevraldan A va B toifasini olishni istovchilar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Faqat amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv markazida o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Bunda barcha ma’lumotlar elektron shaklda tayyorlanadi.
