2026-yildan homiladorlik va kasallik nafaqalari ijtimoiy sug‘urta orqali to‘lanadi

30.10.2025 05:17
O'zbekchaРусский
2026-yildan boshlab ayollar uchun homiladorlik nafaqasi Ijtimoiy himoya jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi belgilandi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lovlar ham ayni shu tizim orqali amalga oshiriladi.
2026-yildan homiladorlik va kasallik nafaqalari ijtimoiy sug‘urta orqali to‘lanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-oktyabr kuni ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimot davomida xususiy sektorda band bo‘lgan aholining barchasiga homiladorlik, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik va ishdan bo‘shash bo‘yicha nafaqalar to‘lanmayotgani qayd etildi. 

Bu holatning sababi, to‘lovlar ko‘pincha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining oshishiga olib kelishi va raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlandi. 

Shuningdek, ish beruvchilar nafaqalarni to‘lashni ortiqcha yuk deb hisoblaganligi sababli, tadbirkorlar uchun ushbu tizim jozibador emasligi ta’kidlandi. 

Shu bois, 2026-yildan boshlab ayollar uchun homiladorlik nafaqasi Ijtimoiy himoya jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi belgilandi. 

Yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lovlar ham ayni shu tizim orqali amalga oshiriladi. 

Ta’kidlanishicha, Xalqaro mehnat tashkilotining tegishli konvensiyalarida tug‘ish va kasallik bo‘yicha nafaqalarning ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari orqali to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

#homiladorlik_nafaqasi#kasallik_nafaqasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar