Sun’iy intellekt loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish uchun ishlab chiqilgan.
Qarorga ko‘ra, startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027-yillarda 100 mln dollar ajratiladi.
Shundan 50 mln dollar miqdoridagi mablag‘ beg‘araz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltiriladi.
Qolgan 25 mln dollari venchur jamg‘armalarni moliyalashtirishga ixtisoslashgan jamg‘arma ustav kapitaliga kiritilsa, yana 25 mln dollari IT Park Ventures fondining ustav kapitaliga yo‘naltiriladi.
Ushbu mablag‘larni "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi taqsimlashi belgilangan.
.jpg)