Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini oflayn tarzda amalga oshirish mumkin.
Ushbu haftaning 1-2-noyabr kunlari mazkur xizmatni quyidagi banklar ko‘rsatadi:
- Аgrobank
- Аpexbank
- BRB
- Ipoteka bank
- Milliy Bank
- Orient Finans Bank
- Tenge Bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- Anorbank
- Asakabank
- Garant Bank
- Hayot bank
- InFinBank
- Universalbank
- Turonbank
- Poytaxt Bank
- SQB
- Soderot bank
Bunda ish tartibi banklarning filiallariga qarab farqlanishi mumkin.
Shu sababli ma’lumotlarni bevosita tijorat banklaridan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Boshqa usullar
Dam olish kunlari valyutani yana ikkita usul orqali ayirboshlash mumkin.
Bular 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlar hamda banklarning mobil ilovalari hisoblanadi.
