Kaspi ekotizimi xaridlarni kaft orqali to‘lash imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda ekotizim rahbari Mixail Lamtadze ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ushbu texnologiya yordamida foydalanuvchi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ham xarid uchun to‘lovlarni kaft orqali amalga oshira oladi.
Bu tizim yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi. Foydalanuvchi endi telefon yoki kartani olishi shart emas - kaftini terminalga yaqinlashtirishi kifoya — deya qo‘shimcha qildi Lamtadze.
Xuddi shunday yechimni avvalroq kaft bo‘ylab biometrik identifikatsiyaga ixtisoslashgan Qozog‘istonning Alaqan startapi taqdim etgan.
Kaspi esa mazkur texnologiyani o‘z ekotizimiga integratsiya qildi va uni ommaviy ishga tushirishga tayyorladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu texnologiyani ommaviy joriy etish 2025-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil oxirlarida O‘zbekistonda metro uchun to‘lovlarni kaft orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan.
Mazkur texnologiya Uzinfocom, Octobank, ATTO, Transport vazirligi hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida ishlab chiqilgan edi.
