O‘zbekistonda jamoat transportining 9 oylik statistik ko‘rsatkichlari

03.11.2025 09:08
2025-yilning dastlabki 9 oyida jamoat transportida 490,1 mln tranzaksiya amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154 mlntaga yoki 38 foizga ko‘proqdir. Ushbu tranzaksiyalarning 132,4 mlntasi esa metroga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda jamoat transportining 9 oylik statistik ko‘rsatkichlari

Foto: Transport vazirligi

2025-yilning yanvar-sentyabr oylari uchun jamoat transportida amalga oshirilgan to‘lovlar soni va ularga oid ma’lumot e’lon qilindi

Unga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoat transportida 490,1 mln tranzaksiya amalga oshirilgan. 

Manba: ATTO

Bu tranzaksiyalarning 300 mlntasi Toshkent shahridagi avtobuslarga, 132,4 mlntasi esa metroga to‘g‘ri keladi. 

Manba: ATTO

Qolgan 57,8 mlntasi boshqa hududlarda amalga oshirilgan bo‘lib, bunda Samarqand hamda Namangan shaharlarining ulushi yuqori bo‘ldi.

Manba: ATTO

To‘lov turlari bo‘yicha

Ushbu davrda jamoat transportida tranzaksiyalarning 53 foizi bank kartalari orqali, 33 foizi esa transport kartalari orqali amalga oshirildi. 

Bunda bank kartalari bo‘yicha to‘lovlarning yillik o‘sishi 175 foizni, transport kartalari bo‘yicha esa 58 foizni tashkil etdi. 

Manba: ATTO

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil boshidan avtobuslarda naqd to‘lov qilish to‘xtatilgan. Hozirda jamoat transporti ichida faqat metroda naqd pul qabul qilinmoqda. 

To‘qqiz oy mobaynida metrodagi qog‘oz chiptalar soni 66 foizga kamaydi. Ushbu davrda to‘lov turlari bo‘yicha eng yuqori o‘sish metrodagi mobil QR-chiptalarda kuzatildi.

#jamoat_transporti

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar