O‘zbekistonlik haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif etilmoqda

04.11.2025 09:02
O‘zbekistonlik haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif etilmoqda. Bunda mehnat shartnomasi doimiy bo‘lib, haftalik ish yuklamasi 40 soatni tashkil etadi. Oylik maosh esa 2700 dollar etib belgilangan.
O‘zbekistonlik haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif etilmoqda

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonlik haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, mehnat shartnomasi doimiy bo‘lib, ish yuklamasi haftasiga 40 soatni tashkil etadi. 

Oylik maosh esa 2500 dollardan 2700 dollargacha belgilangan. 

Nomzodlarga bepul turar joy, tibbiy sug‘urta va mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

Nomzod avvalo CE toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart. 

Shuningdek, chet elga chiqish uchun pasporti bo‘lishi zarur. Yosh chegarasi esa 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi kerak. 

Bundan tashqari, sudlanmagan bo‘lishi hamda kamida 6 oylik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Nomzodlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Saralash 2026-yil 29-yanvarga qadar davom etadi.

#ruminiya#xorijda_ish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar