2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, qariyb 150 ming nafar aholi kreditga taqiq xizmatiga ulandi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 6-iyun sanasida O‘zbekistonda o‘ziga o‘zi kredit berishni taqiqlash xizmati ishga tushirilgan edi.
Xizmat ishga tushgan kundan 1-oktyabrgacha 149 ming 465 nafar shaxs o‘ziga o‘zi kredit olishni cheklagan.

Ularning 101 ming 467 nafari erkaklar, 47 ming 998 nafari esa ayollardir. Xizmatdan foydalanganlarning asosiy qismi 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu xizmatdan KATM ilovasi yoki sayti, shuningdek, mygov portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali bepul foydalanish mumkin.
