O‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

05.11.2025 10:55
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi xususiy sektorda ham davlat tomonidan to‘lanadi.
O‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

Foto: baq.kz

2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bu bo'yicha Prezident farmoni qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi xususiy sektorda ham davlat tomonidan to‘lanadi. 

Mazkur to‘lovlar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi. 

2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ham shu tartibda beriladi. 

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvardan ishdan bo‘shash nafaqasi ham jamg‘arma orqali to‘lanadi. 

Farmonga binoan, ushbu to‘lovlarni olish uchun fuqarolar ariza topshirishlari shart emas. Bunda tizim avtomatik tarzda nafaqa tayinlaydi.

Jamg‘armani kim moliyalashtiradi?

Yuqorida tilga olingan nafaqalarni olish uchun fuqaro xususiy sektorda yoki davlat tashkilotida ishlashi hamda daromad solig‘i to‘lashi kerak. 

Aynan ular to‘layotgan daromad soliqlarining bir qismi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shuningdek, ijtimoiy sug‘urtaga ixtiyoriy ravishda ham qo‘shilish mumkin. 

Buning uchun fuqaro har oy Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lashi kerak.

Mazkur badalning miqdori eng kam oylik ish haqining 5 foizi etib (taxminan 63,5 ming so‘m) belgilangan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 1 mln 271 ming so‘mni tashkil etmoqda.

#ijtimoiy_sug'urta

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar