Ko‘p tarmoqli klinikalarni tashkil etish va jihozlash uchun tadbirkorlarga 200 mln dollarlik imtiyozli mablag‘ ajratiladi.
Prezident bu haqda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘lar 2026-yildan boshlab tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan, 17 foizlik stavkada beriladi.
Shuningdek, ularning tibbiy uskunalar, jihozlar va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyozi 3 yilga uzaytirildi.
Bundan tashqari, 2026-yildan boshlab xususiy shifoxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi.
Ma’lumot uchun, tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilmoqda.
