Mehmon uylari qurish uchun 150 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

19.11.2025 15:01
O'zbekchaРусский
2026-yilda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 150 ta mahallaning har biriga 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, mazkur mahallalarda mehmon uylari qurish uchun tuman banklari 150 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratadi.
Mehmon uylari qurish uchun 150 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

2026-yilda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 150 ta mahallaning har biriga 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. 

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yig‘ilishda ma’lum qildi

Prezident viloyat va tuman hokimlariga hamda Turizm qo‘mitasiga yil yakunigacha barcha mahallalar uchun bosh reja ishlab chiqish, yer auksionlari va loyihalarni tadbirkorlarga e’lon qilish hamda qurilish ishlarini boshlashni topshirdi. 

Shuningdek, mazkur mahallalarda mehmon uylari qurish uchun tuman banklari 150 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratishi aytildi. 

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, sohil va yo‘l bo‘yida servis xizmatlarini rivojlantirish uchun 500 ta mahalla tanlab olingan. 

Viloyat hokimlariga yer maydonlarini belgilab, auksionga chiqarish, ariq va zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish, kanal qirg‘oqlari va yo‘l chetini tekislash orqali tadbirkorlik loyihalari uchun sharoit yaratish vazifasi yuklandi. 

Tuman banklari bu joylarda kamida 5 ta doimiy ish o‘rni yaratadigan loyihalarga 1 mlrd so‘mgacha kredit berishni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyat hokimliklariga milliy brendlarning joylarda filiallarini tashkil etish bo‘yicha loyihalariga ko‘maklashish topshirildi. 

Agar brendlar yangi ochiladigan filial uchun xodimlarni o‘zi o‘qitmoqchi bo‘lsa, buning xarajati Bandlik jamg‘armasidan qoplanishi ta’kidlandi. 

Filiallarini ko‘paytirmoqchi bo‘lgan brendlar uchun yangi moliyaviy vositalar joriy etiladi va 2026-yilda bu maqsadga 500 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.

#Imtiyozli_kredit#kambag'allikni_qisqartirish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar