O‘zbekistonning import va eksporti o‘rtasidagi farq 10 foizga qisqardi

21.11.2025 13:12
2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 29 mlrd dollarga, import hajmi esa 37,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda eksport 6,3 mlrd dollarga yoki 27,8 foizga, import esa 5,4 mlrd dollarga yoki 16,9 foizga o‘sdi.
O‘zbekistonning import va eksporti o‘rtasidagi farq 10 foizga qisqardi

Foto: nsk.plus.rbc.ru

2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 66,5 mlrd dollarni tashkil etdi

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,7 mlrd dollarga yoki 21,5 foizga ko‘pdir. 

Manba: stat.uz

Ushbu davrda eksport hajmi 29 mlrd dollarga, import hajmi esa 37,5 mlrd dollarga teng bo'ldi.

Bunda eksport 6,3 mlrd dollarga yoki 27,8 foizga, import esa 5,4 mlrd dollarga yoki 16,9 foizga o‘sdi. 

Shunday qilib, mazkur davrda mamlakat importi eksportdan 8,5 mlrd dollar ko‘p bo‘ldi. 

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy (19,7%), Rossiya (15,9%), Qozog‘iston (5,9%) hamda Turkiyaning (3,7%) ulushi yuqori bo‘ldi.

Manba: stat.uz

Eksport

2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 9,9 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. 

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 mlrd dollarga yoki 49,4 foizga ko‘pdir. 

Ushbu davrda mamlakat eksporti tarkibida oltinning ulushi 34,1 foizni tashkil etdi. 

O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 29,2 foizga teng bo‘lgan edi. 

Manba: stat.uz

Keyingi eng yuqori eksport ko‘rsatkichi xizmatlar (26,7%) ulushiga to‘g‘ri keldi. 

Bunda xizmatlar eksportining asosiy hamkorlar Rossiya (12,6%), Xitoy (5,6%), Qozog‘iston (4,1%) hamda Afg‘oniston (4,1%) bo‘ldi.

Import

Ushbu davrda mamlakat importi tarkibida eng katta ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari (34,0%) egalladi. 

Manba: stat.uz

Bu davrda import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd dollarga oshdi va 33,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

#tashqi_savdo_aylanma

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar