Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilandi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan boshlab:
- AI-80 markali benzinni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotish to‘xtatiladi;
- Toshkent shahrida o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi;
- Mazut va shunga o‘xshash yuqori darajada ifloslantiruvchi yoqilg‘i turlaridan foydalanishning oldini olish choralari ko‘riladi;
- Toshkent shahri hududida yuk tashish avtotransport vositalari harakatini gavjum vaqtlarda cheklash amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-martga qadar xalqaro standartlarga mos qurilish obyektlarida ish boshlashdan oldin fon monitoring stansiyalari, onlayn kameralar o‘rnatish va ekologik talablarni bajarishni belgilovchi standart ishlab chiqiladi.
2026-yil aprel oyiga qadar esa shamol yo‘nalishlari va tezligini hisobga olgan holda qurilishni amalga oshirishni nazarda tutuvchi standart ishlab chiqiladi.
