Davlat kompaniyalari endi Prezident ruxsatisiz homiylik qila olmaydi

24.11.2025 12:47
O'zbekchaРусский
Endilikda davlat korxonalari Prezident ruxsatisiz homiylik yordamini ko‘rsata olmaydi. Shuningdek, ularda ERP axborot tizimini joriy etish majburiy bo‘ldi. Buni joriy etmagan kompaniyalarning tegishli rahbarlari bo‘shatiladi.
Davlat kompaniyalari endi Prezident ruxsatisiz homiylik qila olmaydi

Foto: Shutterstock

Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezident farmoyishi qabul qilindi. 

Farmoyishga ko‘ra, davlat korxonalari Prezident qarorlari va topshiriqlaridan tashqari hollarda homiylik yordamini ko‘rsata olmaydi. 

Shuningdek, ularda ERP axborot tizimini joriy etish majburiy bo‘ldi. 

2026-yil 1-iyulgacha buni joriy etmagan va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishmagan kompaniya rahbarlarining tegishli o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etiladi. 

Shu bilan birga, korxona rahbarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, ularda ishlovchi xodimlar sonini 10 foizgacha qisqartirish topshirildi. Bu vazifani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirishlari belgilandi.

#davlat_korxonalari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar