Turkistondan O‘zbekistonning uchta viloyatiga doimiy parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

25.11.2025 12:27
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar Qozog‘istondagi Turkiston viloyatining Hazrat Sulton xalqaro aeroportidan Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga amalga oshiriladi.
Turkistondan O‘zbekistonning uchta viloyatiga doimiy parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: polet.me

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Parvozlar Qozog‘istondagi Turkiston viloyatining Hazrat Sulton xalqaro aeroportidan Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga amalga oshiriladi. 

Reyslar joriy yilning dekabr oyidan boshlanadi, chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan.

  • Turkiston — Urganch — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha reyslar 2025-yil 1-dekabrdan boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
  • Turkiston — Buxoro — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha reyslar shu yilning 2-dekabridan boshlab seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
  • Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha reyslar shu yilning 3-dekabridan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar chorshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

#scat#yangi_reyslar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar