Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushirmoqda

26.11.2025 12:51
O'zbekchaРусский
Wildberries kompaniyasi O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xizmat dastlabki bosqichda yopiq shaklda faoliyat yuritadi. Kompaniya shu yo‘l bilan yangi xizmatdagi kamchiliklarni aniqlashni maqsad qilgan.
Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushirmoqda

Foto: Shutterstock

Wildberries kompaniyasi O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushirmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, xizmat dastlabki bosqichda yopiq shaklda faoliyat yuritadi. 

Kompaniya shu yo‘l bilan yangi xizmatdagi kamchiliklarni aniqlashni maqsad qilgan. 

Shu bois xizmatdan dastlab keng omma emas, balki kompaniya xodimlari va hamkorlari foydalana oladi.

Yopiq klub shaklida boshlash bizga xizmatni rivojlantirish masalalariga maksimal e’tibor qaratish imkonini beradi, — dedi WB Taxi rahbari Anatoliy Smorgonskiy.

Kompaniya sinov ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida yo‘l haqining yarmini keshbek sifatida qaytaradi. 

Ta’kidlanishicha, mazkur keshbek faqat naqd pulsiz to‘lovlar uchun amal qiladi. 

Shuningdek, kompaniya haydovchilarga qulay hamkorlik shartlarini taklif etmoqda. 

Xususan, bunga past foizli komissiya, xizmat sifati talablariga rioya qilingan holda smenada kafolatlangan daromad kiradi.

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 215 ta taksi agregatori soliq tizimi bilan integratsiyalashgan. 

2025-yilning yanvar-iyul oylarida ularning bozor aylanmasi 5 trln so‘mdan oshdi. 

Ma’lumot uchun, taksi agregatorlari orqali qariyb 500 ming nafar haydovchi o‘zini-o‘zi band qilgan.

#Wildberries#wb_taxi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar