O‘zbekistonda fintex sohasini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda barqaror tokenlar (stablecoin) bilan to‘lov qilish uchun maxsus huquqiy tartib o‘rnatiladi.
Yangi to‘lov tizimi blokcheyn texnologiyasiga asoslanib, dastlab kichik tajriba loyihalarida sinovdan o‘tkaziladi.
Tokenlar bilan to‘lov qilish tartibi va muddati Markaziy bank hamda Istiqlol Loyiha Agentligi tomonidan birgalikda belgilanadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga token shaklida aksiyalar yoki obligatsiyalar chiqarishga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, fond birjalarida tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni joylashtirish hamda ularning muomalada bo‘lishi uchun maxsus savdo maydonchalari tashkil etiladi.
Bu faqatgina O‘zbekiston hududida birja faoliyatini yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan fond birjalariga taqdim etiladi.
