Olga Numanova InFinBank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etildi

28.11.2025 13:25
Olga Numanova InFinBank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga boshqaruv raisi etib, Baxtiyorjon Jo‘rayev tayinlandi. Jo‘rayev tayinlovga qadar bank boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Olga Numanova InFinBank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etildi

Foto: InFinBank

Olga Numanova "Invest Finance Bank" AJ boshqaruv raisi lavozimidan ozod etildi

Uning o‘rniga boshqaruv raisi etib, Baxtiyorjon Jo‘rayev tayinlandi. 

Ushbu tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgach, rasman kuchga kiradi. 

Jo‘rayev tayinlovga qadar bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari edi. 

Ma’lumot uchun, Olga Numanova 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

1996-yilda Moliya institutini tamomlagan bo‘lib, ixtisosligi moliya va kredit hisoblanadi. 

Bank tizimidagi faoliyatini ham aynan 1996-yilda boshlagan. 

InFinBank’dagi ish faoliyatini esa 2018-yil iyun oyida bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida boshlagan. 

2024-yilning iyun oyida bank boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Olga Numanova joriy yil tadbirkorlar kunida "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan edi.

Yangi rahbar haqida

Baxtiyorjon Jo‘rayev 1982-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 

Baxtiyorjon Jo‘rayev

2003-yilda Qarshi davlat universitetini, 2006-yilda esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tamomlagan. 

Bank tizimidagi mehnat faoliyatini esa 2001-yilda boshlagan. Faoliyati davomida Hamkorbank va InFinBank’da turli lavozimlarda, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Jo‘rayev 2024-yil boshida InFinBank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

Keyinroq bir muddat boshqaruv raisi maslahatchisi sifatida ishlab, 2025-yil sentyabr oyidan raisning birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan.

#infinbank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar