1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,88 mlrd dollarga, yil boshiga nisbatan esa 3,75 mlrd dollarga ko‘pdir.

Infografika: tanga.uz
Davlat qarzining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi (YaIM) ulushi 32,3 foizga teng bo'ldi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 34 foiz edi.
Davlat qarzining 36,7 mlrd dollari yoki 84 foizi tashqi qarz, 7,2 mlrd dollari yoki 16 foizi esa ichki qarz hisoblanadi.
Tashqi qarzning YaIMga nisbati 27 foizni, ichki qarzning YaIMga nisbati esa 16 foizni tashkil etdi.
Tashqi qarzning 33,6 mlrd dollari yoki 83 foizi bir yildan ortiq muddatda to‘lanadigan uzoq muddatli qarzdorlik hisoblanadi.
O‘zbekiston tashqi qarzining 46 foizi qat’iy belgilangan foiz stavkasida bo‘lsa, 37 foizi o‘zgaruvchan foiz stavkasida amal qiladi.
Ma’lumot uchun, ichki qarzning 1,3 mlrd dollari foizsiz qarzdorlik hisoblanadi.
Qarz beruvchilar
Qarz beruvchilarning 54 foizi xalqaro moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, qarzdorlikning 30 foizi xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlariga, qolgan 16 foizi esa xalqaro obligatsiyalarga to‘g‘ri keldi.

Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Qarz berishda faol institutlar hamon Osiyo taraqqiyot banki (7,5 mlrd dollar) va Jahon banki (8 mlrd dollar) bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, Xitoy banklari (3,7 mlrd dollar) hamda Yaponiya banklarining (3,1 mlrd dollar) ham ulushi yuqori hisoblanadi.
Xitoydan jalb qilingan qarzlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87 mln dollarga, Yaponiyadan jalb qilingan qarzlar miqdori ham 87 mln dollarga ko‘paygan.
