O‘zbekistonda inflatsiya darajasi (7,5%) rekord darajada pasaydi

01.12.2025 12:29
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonda inflatsiya darajasi noyabr oyida 7,5 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich oktyabr oyiga nisbatan 0,3 foiz bandga, o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan esa 2,5 foiz bandga pasaygan.
O‘zbekistonda inflatsiya darajasi (7,5%) rekord darajada pasaydi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda inflatsiya darajasi noyabr oyida 7,5 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich oktyabr oyiga nisbatan 0,3 foiz bandga, o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan esa 2,5 foiz bandga pasaygan. 

Taqqoslash uchun, 2025-yilning iyul oyida yillik inflatsiya darajasi 8,9 foiz edi. Bu uch oy ichida inflatsiya darajasi 1,4 foiz bandga kamayganini anglatadi. 

Ma’lumot uchun, Markaziy bank inflatsiya darajasini 5 foizga tushirishni maqsad qilgan.

Markaziy bankning rasmiy veb-saytida 2016-yil yanvaridan keyingi davr uchun yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlari e’lon qilingan. 

Unga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyidagi yillik inflyatsiya darajasi 2016-yil yanvaridan keyingi davrdagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. 

2016-yil yanvaridan keyingi davrda kuzatilgan eng yuqori yillik inflyatsiya esa 2018-yilning yanvar oyida (20,1%) qayd qilingan.

Noyabr oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatladi. 

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bodring (96,0%), pomidor (82,2%), bulg‘or qalampiri (61,2%), baqlajon (51,7%) narxlarining sezilarli darajada oshgani kuzatildi. 

Inflatsiyaning pasayishiga yuqori hissa qo‘shgan oziq-ovqat mahsulotlari esa sabzi (-26,1%), sholg‘om (-7,1%), barcha navdagi guruch va guruch (-4,5%), loviya (-4,2%), shakar (-2,9%), piyoz (-2,5%), banan (-1,3%) hamda parranda go‘shti (-1,2%) bo‘ldi. 

Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida esa propan (7,4%), benzin (1,7%), sement (1,4%) hamda kiyim-kechak va poyabzal (0,7%) narxlarida o‘sish qayd etildi.

#inflyatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar