Toshkentda asossiz hisoblangan 9 mlrd so‘mlik chiqindi to‘lovlari aholiga qaytariladi

02.12.2025 06:25
Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatidagi beshta chiqindi tashish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Shuningdek, 250 mingga yaqin iste’molchiga 8,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Toshkentda asossiz hisoblangan 9 mlrd so‘mlik chiqindi to‘lovlari aholiga qaytariladi

Foto: Ekologiya qo'mitasi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida aholiga maishiy chiqindi tashish xizmati ko‘rsatilishi holatini o‘rganib chiqdi

O‘rganishlar davomida qo‘mita ayrim xonadonlardan chiqindilar umuman olib ketilmagani holda, ularga to‘lovlar hisoblanganini va xizmat belgilangan darajada ko‘rsatilmaganini aniqladi. 

Shu munosabat bilan viloyatdagi beshta chiqindi tashish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. 

Uning natijasiga ko'ra, 250 mingga yaqin iste’molchiga 8,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Shuningdek, qonunbuzarlik holatini bartaraf etish va kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

Eslatib o‘tamiz, 1-avgustdan boshlab chiqindi to‘lovi bo‘yicha qarzdor fuqarolarga elektr energiyasi uchun to‘lov qilish cheklanadi. 

Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi uy-joy xarid qilishda quruvchi kompaniya taqdim etgan shartnoma shartlarini o‘rganib chiqishga chaqirgan edi.

#Raqobat_qo'mitasi#chiqindi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar