Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

02.12.2025 07:41
1-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 31,4 foizni, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 23,6 foizni tashkil etmoqda. Bu statistika e’lon qilina boshlangandan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Foto: Daryo

Markaziy bank 2025-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, banklar kesimida aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning foiz stavkalarini e’lon qildi

Unga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 31,4 foizni, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 23,6 foizni tashkil etmoqda. 

Bu statistika e’lon qilina boshlangandan keyingi davr uchun eng past ko‘rsatkichdir. Ma’lumot uchun, Markaziy bank bu statistikani ilk bor 2025-yilning 2-iyulida e’lon qilgan edi. 

O‘sha kundagi amalda bo‘lgan stavka bilan 1-dekabr holatidagi stavkani taqqoslasak, mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 3,5 foiz bandga, avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 0,5 foiz bandga pasaygan.

Mikroqarzlar

1-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 31,4 foizni tashkil etmoqda. 

Bunda eng yuqori stavka ANORBANK (40,7%) hamda Tenge Bank’da (39,8%) qayd etilgan. 

Eng past stavka esa AloqaBank (22,7%) va Trastbank’da (23,8%) kuzatilgan.

Avtokreditlar

1-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi avtokreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 23,6 foizni tashkil etmoqda. 

Bunda eng yuqori stavka SQB (26,4%) va Trastbank’da (26,6%) qayd etilgan. 

Eng past stavka esa InFinBank (18,2%) va Ipoteka-bank’da (20%) kuzatilgan.

#mikroqarz#avtokredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar