O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi fuqarolar uchun ochildi

02.12.2025 12:14
O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lovchi Termiz — Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi. Endi yo‘lovchilar ikki davlat orasida bevosita harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, viza talabi o‘z kuchida qoladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi fuqarolar uchun ochildi

Foto: Kyselak / Wikimedia Commons

O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lovchi Termiz — Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Xabarga ko‘ra, endi yo‘lovchilar ikki davlat orasida bevosita harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Viza talabi esa o‘z kuchida qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘prik orqali ikki davlat o‘rtasidagi qatnov 2021-yilda cheklangan edi. 

Ta’kidlanishicha, bu cheklov tadbirkorlarning Afg‘onistonga borishini sezilarli darajada qiyinlashtirgan. 

Chegaradan o‘tish tartibining tiklanishi eksport qiluvchi korxonalar uchun katta qulaylik yaratadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Afg‘onistonga eksport hajmi barqaror o‘sib bormoqda.  

Ushbu ko‘prikning ochilishi natijasida 2026-yilga kelib O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksport hajmi 2,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.

#afg'oniston#hayraton

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar