Korrupsiyaga qarshi kurashish qo’mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi”ga asossiz undirilgan mablag’larni qayta hisob kitob qilish bo’yicha ko’rsatma berdi.
Qayd etilishicha, Dehqonobod, Gʻuzor va Qamashi tuman Davlat xususiy sherikchilik asosida faoliyat yurituvchi sanitar korxonalar boshqarmaga murojaat bilan chiqishgan. Murojaatda chiqindi poligonlarda maishiy chiqindilarni joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish xizmatlari tariflariga norozilik bildirishgan va noqonuniy undirilgan mablag’larni qaytarishda yordam so‘rashgan.
Murojaatda qayd etilgan holatlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalari asosida Hududiy boshqarma tomonidan “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 722-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan qonun buzilishi sodir etilgan deb topildi.
Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga iste’molchi bo‘lgan 19 ta yuridik shaxslardan 756,7 mln so‘mlik asossiz undirilgan mablag’larni qayta hisob kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
