Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chirganlarga qator imtiyozlar beriladi

04.12.2025 13:11
Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Bundan tashqari, ularga xom ashyoni temir yo‘l orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qo‘llaniladi.
Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chirganlarga qator imtiyozlar beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahridagi sanoat korxonalari bosqichma-bosqich poytaxtdan tashqariga ko‘chirilmoqda. 

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi sanoat korxonalarining ko‘pchiligi mehnat resurslari va infratuzilmasi mavjud hamda yer va mulk solig‘i arzonroq bo‘lgan joylarni izlamoqda.  

Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasidagi bo‘sh yerlarda poytaxtdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun juda katta imkoniyatlar berilishi aytildi.

Shu bois, Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun sanoat zonasidagi yerlar soddalashtirilgan tartibda va chegirma bilan taklif etilishi belgilandi. 

Ma'lum qilinishicha, ularga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Shuningdek, xom-ashyoni temir yo‘l orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qo‘llaniladi.


#sirdaryo#imtiyozlar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar