Voyaga yetmaganlarga bank kartasini mustaqil ochishga ruxsat berildi

05.12.2025 06:15
O‘zbekistonda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar endi bank hisobvarag‘ini mustaqil ravishda ochish huquqiga ega bo‘ladi. Ilgari bu jarayon faqat ota-ona yoki vasiy ishtirokida amalga oshirilar edi.
Voyaga yetmaganlarga bank kartasini mustaqil ochishga ruxsat berildi

Foto: Gazeta.uz

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning bank kartalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Markaziy bankning bu boradagi tegishli qaroriga o‘zgartirish kiritildi

Unga ko‘ra, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar endi bank hisobvarag‘ini mustaqil ravishda ochish huquqiga ega bo‘ladi. Ilgari bu jarayon faqat ota-ona yoki vasiy ishtirokida amalga oshirilar edi. 

Shuningdek, ular banklar va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalaridan foydalanib, o‘z kartalarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu borada ularga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi. 

Biroq, yangi ro‘yxatdan o‘tish, parolni tiklash, boshqa qurilmadan kirish kabi amaliyotlar uchun biometrik identifikatsiya (Face-ID) talabi saqlanib qoladi. 

Shunday qilib, qisqa muddat ichida voyaga yetmagan shaxslar banklar va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalaridan foydalanib, o‘z bank kartalarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

#bank_kartalari#voyaga_yetmaganlar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar