Rustam Haydarov Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bank kengashining bayonnomasida ma’lum qilingan.
Bayonnomaga ko‘ra, Haydarov o‘z xohishiga binoan bankning boshqa lavozimiga o‘tayotganligi sababli, uning bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidagi vakolati 1-dekabrdan e’tiboran tugatiladi.
Shuningdek, mazkur qaror bank o‘rinbosarlari lavozimini qisqartirishni ham ko‘zda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, davlat tashkilotlarida xodimlar sonini qisqartirishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilingan.
Farmonga muvofiq, davlat banklarida kamida bitta rahbar o‘rinbosari qisqartirilishi lozim.
Ma’lumot uchun, Rustam Haydarov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutining bank ishi yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Xalq bankida boshlab, u yerda 2017-yilgacha turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2017-yildan boshlab Turonbank tizimida rahbarlik lavozimlarida, xususan, bankning Toshkent shahar bank xizmatlari markazini boshqargan.
2022-yilning fevral oyida esa Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
