Toshkent shahrida transport harakatini yaxshilash bo‘yicha qanday rejalar belgilangan?

05.12.2025 14:16
Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi tuziladi. Ushbu markazga transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlarini real vaqtda kuzatish, boshqarish hamda xavfsizligini ta’minlash vakolati beriladi.
Toshkent shahrida transport harakatini yaxshilash bo‘yicha qanday rejalar belgilangan?

Foto: Gazeta.uz

Prezident Toshkent shahrida transport tizimini tubdan yangilashga qaratilgan qarorni imzoladi

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi tuziladi. 

Ushbu markazga transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlarini real vaqtda kuzatish, boshqarish hamda xavfsizligini ta’minlash vakolati beriladi. 

Shuningdek, Intellektual transport tizimi platformasi (ITT) yaratiladi. 

Ushbu tizimga kameralar, sensorlar, svetoforlar, jamoat transporti harakati, navigatsiya va barcha xizmatlar ulanadi. 

ITT Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining markaziga integratsiya qilinadi.  

Bu orqali avtotransport vositalarining ekologik me’yorlarga mosligini avtomatik baholanadi. 

Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilandi:

  • jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizga yetkazish;
  • elektrobuslar ulushini 50 foizga yetkazish;
  • avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
  • 1 ming kilometr avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
  • 16 ta tonnel va yo‘l o‘tkazgich qurish;
  • 700 ta aqlli chorrahani barpo etish;
  • metropoliten tarmog‘ining uzunligini 103 kilometrga yetkazish;
  • 170 kilometr velosiped va 200 kilometr piyoda yo‘laklarini tashkil etish.

Shuningdek, Toshkent ko‘chalari, yo‘l kesishmalari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlari bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi. 

Dasturga ko‘ra, avtobuslar uchun alohida yo‘laklar, intellektual svetoforlar joriy etiladi.

#toshkent_shahri#transport

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar