Yandex Uzbekistan ekotizimi Allplay platformasini sotib oldi. Bu haqda ekotizim rahbari Izzat Shukurov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kelishuv barcha bosqichlardan o‘tgan. Jumladan, Raqobat qo‘mitasi ham mazkur bitimga rozilik bergan. Ammo bitim summasi oshkor etilmagan.
Shukurovning ta’kidlashicha, Allplay o‘z brendini saqlab qolgan holda Yandex Plus obunasining bir qismiga aylanadi.
Shuningdek, u yaqin kelajakda Allplay yangilanishi hamda uning xorijiy va mahalliy kontentlari kengayishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Allplay onlayn televideniye va ko'plab kontentlarni o‘z ichiga olgan platforma hisoblanadi.
Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi platformani ustun mavqega ega deb e’lon qilgandi. Yandex kompaniyasining Allplay singari platformasi Kinopoisk ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
