Sirdaryo IESidagi nosozlik tufayli elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin

10.12.2025 08:07
O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli elektr uzilishlari yuz berishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasida nosozlik sodir bo‘lgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish uchun bir oy vaqt kerak bo‘ladi.
Sirdaryo IESidagi nosozlik tufayli elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin

Foto: www.fool.com

O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli elektr uzilishlari yuz berishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasining turbinasida rotor nosozligi kuzatilgan.

Uning o‘rniga esa Yaponiyadan yangi rotor olib kelingan. Energetika vazirligi yangi rotorni o‘rnatish taxminan bir oy vaqt talab qilishini ma’lum qildi.

Bu quvvat kamomadini qoplash maqsadida qo‘shimcha zaxiradagi va yangi ishga tushirilayotgan bloklardan foydalanilmoqda.

Shuningdek, hozirgi kunda havo bulutli (kam quyoshli) bo‘layotganligi va kunlar qisqaligi sababli quyosh fotoelektr stansiyalari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish kamayganini ta’kidladi. 

Shu bois, iste’mol muvozanatini saqlash maqsadida ayrim hududlarning elektr ta’minotida, ayniqsa iste’mol yuqori bo‘lgan vaqtlarda (17:00 dan 21:00 gacha), qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi e’lon qilindi. Agar bunga zarurat tug‘ilsa, iste’molchilar oldindan xabardor qilishi aytildi.

Vazirlik, yangi rotor gaz turbinasiga o‘rnatilgach, stansiyaning ishlab chiqarish tiklanishini bildirdi. 

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi 1500 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi 2023-yil oxirida ishga tushgan edi. 

ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihaga taxminan 1 mlrd dollar sarmoya kiritilgan.

#IES#nosozlik#elektr_uzilishlar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar