Payme kartadan-kartaga o‘tkazmalar uchun komissiyani 1 foizdan 1,2 foizga oshirdi

10.12.2025 10:01
Payme to‘lov tashkiloti kartadan-kartaga o‘tkazmalar uchun komissiyani 1,2 foiz etib belgiladi. Yaqingacha ushbu komissiya miqdori 1 foiz edi. Kompaniya tariflardagi o‘zgarish haqida mijozlarga hech qanday bildirishnoma yoki ogohlantirish yubormagan.
Payme kartadan-kartaga o‘tkazmalar uchun komissiyani 1 foizdan 1,2 foizga oshirdi

Foto: Gazeta.uz

Bugun, 10-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Payme to‘lov tashkiloti kartadan-kartaga pul o‘tkazmalari (P2P) uchun komissiyani oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ushbu xabarlarda tashkilot foydalanuvchilarni komissiya oshgani haqida ogohlantirmagani ta’kidlangan. 

tanga.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Payme to‘lov tashkilotining aloqa markazi bilan bog‘landi. Tashkilot aloqa markazi operatori komissiya miqdori oshganligini tasdiqladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilning 4-dekabridan boshlab P2P xizmati uchun komissiya 1,2 foiz etib belgilangan. Yaqingacha ushbu komissiya 1 foiz edi. 

Kompaniya tariflardagi o‘zgarish haqida mijozlarga hech qanday bildirishnoma yoki ogohlantirish yubormagan. 

Bundan tashqari, rasmiy veb-saytida hamon komissiya 1 foiz ko‘rsatilgan holda turibdi.

Payme aloqa operatori bu borada ishlar olib borilayotganini va yaqin orada o‘zgarishlar kiritilishini ma’lum qildi.

#payme#p2p#xizmat_haqi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar