Burger King tez ovqatlanish tarmog‘ining Toshkent shahridagi birinchi filiali kelasi hafta ochiladi.
Bu haqda kompaniyaning O‘zbekistondagi bosh direktori Vyacheslav Dutkinskiy Spot nashriga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tarmoqning ilk filiali 16-dekabr kuni Alpomish muz saroyi hududida faoliyatini boshlaydi. Mazkur saroy Toshkent shahridagi Beruniy shoh ko‘chasi 41-uyda joylashgan.
Umuman olganda, tarmoq Toshkentda uchta filial ochishni mo‘ljallagan.
Bular Alpomish muz saroyidan tashqari, keyingi filiallar Tashkent City Mall hamda Seoul Mun hududlarida joylashadi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida tadbirkor Shuhrat Ergashov Prezidentga tez orada Burger King restoranlari ochilishi haqida aytgandi.
