Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Startup Garage filiallari ochildi — foto

20.01.2025 11:39
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Startup Garage filiallari ochildi — foto
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Startup Garage filiallari ochildi — foto

Фото: AloqaBank

16-yanvar kuni Qarshi shahrida Startup Garage loyihasining yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish va IT eksport imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

Foto: AloqaBank

AloqaBank xabariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Endilikda respublikaning barcha hududlarida ochilishi kutilayotgan Startup Garage filiallari yosh tadbirkorlar uchun texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 

Foto: AloqaBank

Tadbir doirasida kelib tushgan 20dan ortiq loyihalardan 11 ta startap taqdimot natijalariga ko‘ra tanlab olindi. Ular — IT, tibbiyot, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, transport va innovatsion qurilmalar yo‘nalishida faoliyat olib boradilar.

Foto: AloqaBank

Taqdimot yakunida rezidentlikka qabul qilingan startap asoschilariga maxsus sertifikat topshirildi. Ushbu sertifikat ularga markazda bepul o‘qish, mentorlik dasturlarida ishtirok etish va startap rivojlantirish bo‘yicha ko‘mak olish imkoniyatini taqdim etadi.

Foto: AloqaBank

18-yanvar kuni esa Surxondaryo viloyatida Startup Garage’ning Termiz filiali tantanali ravishda ochildi.

Foto: AloqaBank

Ochilish dasturidan quyidagilar o‘rin oldi:

  • Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar taqdimoti;
  • AloqaVentures vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari bo‘yicha ma’lumotlar;
  • Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi;
  • Startup Garage rezidenti bo‘lishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi;
  • Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking.

Foto: AloqaBank

Startup Garage qanday imkoniyatlar taqdim etadi?

  • Yosh tadbirkorlar va startaplar uchun zamonaviy ish maydoni;
  • Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va o‘rganish uchun maxsus muhit;
  • Startap ekotizimini rivojlantirish orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash.

Foto: AloqaBank

Hamkorlik asosida


#KITOB

Eng ko'p o'qilgan